Prezident bir hafta oldin ötkazilgan selektor yiğilişida aytilgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi haqida bugungi yiğilişda yana bir töxtalib ötdi.
“Oxirgi 3-4 kunda bölib ötgan çangli ob-havo şaroiti ham uşbu dastur qançalik töğri ekanligini yaqqol körsatib turibdi.
Bir narsani aniq tuşuniş kerak – viloyat, tuman va şahar hokimlari uç kun muddatda öz hududida xalqqa murojaat qiladi, Prezident va Senatga qilingan işlar haqida har oyda hisobot beradi. Murojaatlar bilan çiqsin har bir hokim öz hududiga.
Bunda qöşib yoziş, raqamlarni börttirib körsatiş, pala-partiş qilingan işlar öz-özidan bilinib qoladi. Endi yolğon gap sözlar ötmaydi. Masalan, bugungi kunga qadar Qoraqalpoğiston, Namangan, Toşkent viloyati va Toşkent şahri işga faol kirişdi. Lekin, Surxondaryo, Sirdaryo (1 foizdan) va Xorazm (2 foiz) viloyatlarida daraxt ekiş reja körsatkiçlaridan ança ortda qolmoqda.
Şu bilan birga, Qöşrabot, Kattaqörğon, Tomdi, Döstlik, Arnasoy, Foriş, Yangiariq, Şerobod, Termiz, Muzrabot, Ğuzor, Kitob tumanlarida köçat ekiş işlari haligaça boşlanmagan. Uşbu tuman hokimlari qat'iy ogohlantiriladi.
Şu bilan birga, vazirlik, tarmoq, korxona rahbarlari öz rejalari bajarilişiga javob beradi. Har bir vazirlik va idora, viloyat yoki tuman va şahar hokimi öziga majburiyat olişi şart”, – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













