9 noyabr nemislar uçun muhim kunlardan biri hisoblanadi. Uşbu sana Germaniyani ikkiga ajratib turgan Berlin devori yiqitilgan kun şarafiga bayram qilinadi. Aynan şu kunda Germaniyani 30 yil davomida ikkiga ajratib turgan beton devor yiqitila boşlangan va bu hodisa Germaniyaning birlaşişiga sabab bölgan.

Germaniyaning bölib olinişi

Ikkinçi jahon uruşida Gitler boşliq faşistlar Germaniyasi yengiladi. Mamlakatni ittifoqçilar armiyasi egallaydi. Şarqiy Germaniyada SSSR, Ğarbiy Germaniyada AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya qöşinlari joylaşadi.

Foto: wikipedia.org

Tomonlar Germaniyada özlari xohlaganday davlat qurişni xohlardi. AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyada kapitalistik, SSSR esa sotsialistik tuzumga asoslangan davlat bölişi uçun harakat qilardi.

Bu masala 1945 yil 17 iyuldan 2 avgust sanasigaça SSSR rahbari Stalin, AQŞ prezidenti Harri Trumen va Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçil iştirokida Podstam şahrida ötkazilgan konferensiyada ham qizğin muhokama qilinadi. Ittifoqçilar har kim özi egallagan hududda qolişi haqida kelişib olişadi. Ötkazilgan muzokaralarda poytaxt Berlin maqomi ham belgilanadi.

Germaniyaning boşqa hududlari kabi bu yerda ham şaharning şarqiy qismi sovet armiyasi, ğarbiy qismi ittifoqçilar armiyasi nazoratida edi. Boşqa hududlardan farqli ravişda Berlinni tört tarafdan sovet qöşinlari egallagan hududlar örab turardi. Ittifoqçilar Berlinni töliğiça sovet armiyasi nazoratiga topşirişni xohlaşmaydi va kelişuvga köra şahar ikkiga bölinadi.

Foto:wikipedia.org

1948 yilda ittifoqçilar nazoratida bölgan hududlarda Parlament kengaşi tuziladi. Yangi marka muomalaga kiritiladi. Öz navbatida SSSR ham mamlakat şarqida yangi pul birligini joriy etadi. Ana şunda Germaniya ikkiga ajralişi va Gitler Germaniyasi örnida ikkita davlat tuzilişi oydinlaşib qoladi.

1949 yil 23 may kuni ittifoqçilar nazoratida bölgan hududlarda Germaniya Federativ Respublikasi, öşa yil 7 oktyabr kuni SSSR nazoratidagi hududda Germaniya demokratik respublikasi tuzilgani e’lon qilinadi. Şuningdek, Berlin ham ikkiga bölinadi. Uning şarqiy qismi GDRning poytaxti sifatida qoladi. Ğarbiy qismi esa GFR nazoratiga ötadi va Ğarbiy Berlin deb ataladi.