Butun dunyoda şov-şuv bölgan “Kalmar öyini” serialining ikkinçi mavsumi suratga olinadi. Serial rejissyori Xvan Don Xyok serialning davomi ğoyasi ustida iş boşlaganini ma'lum qildi. Uning aytişiça, serialning ikkinçi mavsumini suratga oliş qarori tomoşabinlar talabi bilan boğlangan.
“Muxlislar tomonidan talab va qistov şunçalik katta böldiki, siz bizga boşqa imkoniyat qoldirmayapsiz! Aytişim mumkin, serialning ikkinçi mavsumi aniq böladi”, deb aytgan rejissyor.
Özining beayov sahnalari sababli tanqidga va ba'zi davlatlarda taqiqqa uçragan serial Netflix striming servisida 17 sentyabrda namoyiş qilina boşlangan. Serial tomoşabinlar orasida tezda ommalaşib, tomoşa qilinişi böyiça dunyo yetakçisiga aylangan.
Avvalroq psixologlar koreys seriali bolalarga ruhiy jarohat yetkazişi, jumladan ularda tungi qörquvga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirişgan. Bundan taşqari, ba'zi davlatlarda kattalar va bolalar serial motivlari böyiça öyinlar uyuştira boşlaşgan. Xavfsiz internet ligasi serialni tomoşa qilgandan keyin ba'zilarda undagi şafqatsiz öyinlarni hayotda qaytariş ğoyasi paydo bölişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Janubiy Koreyaning “Kalmar öyini” seriali omon qoliş haqida bölib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kişidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablağni yutib oliş imkoniyatini beruvçi bolalar öyinlarini öynaş taklif etiladi, ammo öyinda yutqazganlar hayot bilan vidolaşişiga töğri keladi.












