Dunyoning eng boy oadmi, Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 33,3 mlrd dollarga kamaydi.
Forbes Real-Time reytingi ma'lumotiga köra, milliarderning boyligi 271 mlrd dollar deb baholanmoqda. Duşanba kuni keçqurun uning boyligi 304,3 mlrd dollarga teng edi.
Yöqotişga qaramasdan, Mask jahonning eng boy kişilari röyxatida birinçi örinni saqlab qoldi. Undan keyingi örinda 205,9 milliard dollar bilan Amazon asosçisi Jyeff Bezos turibdi.
Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi tuşişi ortidan kamaydi. Seşanba kuni aksiyalar 12 foizga arzonlaşdi.
Tesla aksiyalari narxi Mask Twitter orqali öz aksiyalarining 10 foizini sotişi töğrisida sörovnoma ötkazgandan keyin ketma-ket ikki kundan buyon pasaymoqda.
Oregon ştati senator-demokrat Ron Uayden faqat eng badavlat kişilargagina tegişli bölgan yangi “milliarderlardan olinadigan soliq” turini kiritişni taklif etganidan keyin Tesla asosçisi mazkur sörovnomani ötkazişga qaror qilgandi.
Maskning sözlariga köra, sönggi vaqtda AQŞda soliq tölaşdan böyin tovlaş usullaridan biri — amalga oşirilmagan daromad haqida köp gapirilyapti. Bu vaziyatda elektromobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasining 10 foiz aksiyasini sotişdan boşqa çora qolmaydi.
Ma'lum bölişiça, sörovnoma ötkazilişidan bir kun avval Ilon Maskning ukasi Kimbal Mask öziga tegişli 88 500 dona aksiyaning har birini 1229,91 dollardan sotib yuborgan.












