Isroil Eron bilan uruş ehtimoliga tayyorlanmoqda. U Eronni real xavf deb hisoblamoqda va Tehronga yadro qurolini yaratişda xalaqit qiliş uçun harbiy kuç qöllaşidan ogohlantirgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Isroil armiyasi ştabi boşliği general-leytenant Aviv Koxavining ta'kidlaşiça, isroillik harbiylar “Eronga qarşi kuraşga va yadroviy xavf holatiga tayyorgarligi va rejalarini jadallaştirgan”.
“Agar Eron yadro quroliga ega bölmoqçi bölsa, biz unda harakat qilmoğimiz lozim”, deb aytgan Isroil taşqi işlar vaziri Yair Lapid.
Avvalroq Eron yadro quroli yaratiş ostonasida ekani ma'lum qilingan. The New York Times naşrining xabar berişiça, Tehron yadro qurolini yaratişga hozirdagidek heç qaçon yaqin bölmagan.












