"Paxta xomaşyosini yetiştiriş va uning yiğim-terim xarajatlarini moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil hosilidan paxta yetiştirişni va yiğim-terimini Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasidan moliyalaştirişning quyidagi tartibi joriy etiladi:

paxta yetiştiriş va yiğim-terimni imtiyozli moliyalaştiriş klasterlar va Uruğçilikni rivojlantiriş markazidagi elita uruğçilik xöjaliklari orqali amalga oşiriladi;

banklar tomonidan Jamğarma resurslaridan quyidagilar uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi:

paxta-töqimaçilik klasterlariga paxta yetiştiriş uçun – paxta qiymatining 60 foizigaça miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boşlab sönggi 6 oy davomida teng uluşlarda qaytariş şarti bilan;

elita uruğçilik xöjaliklariga paxta yetiştiriş uçun – paxta qiymatining 60 foizigaça yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;

paxta-töqimaçilik klasterlari va elita uruğçilik xöjaliklariga paxta yiğim-terimini moliyalaştiriş uçun – paxta qiymatining 20 foizigaça miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.

Paxta-töqimaçilik klasterlariga paxta xaridi böyiça yakuniy hisob-kitob uçun 12 oygaça milliy valutadagi kreditlar böyiça foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşadigan, lekin 10 foiz punktidan köp bölmagan qismini qoplaş uçun Jamğarma hisobidan kompensatsiya tölanadi. 

Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilar mineral öğit, yoqilği-moylaş, texnikaga oid masalalar, ularni import qilişni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralaşiş taqiqlanadi.