Polşa Putinni çegaradagi inqirozda aybladi. Moskva qanday javob qilmoqda?
|22:22 / 11.11.202124 3337 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy seşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Belarus bilan çegarasida yuzaga kelgan migratsiya inqirozi uçun javobgar ekanini aytdi. Moskvadagilar bu ayblovni mas'uliyatsizlik va odob doirasidan çiqiş deb atadi. Bu boradagi munozara qanday avj olmoqda?
Polşa boş vaziri nima degandi?
«[Belarus prezidenti Aleksandr] Lukaşenko sönggi hujumning ijroçisi sanaladi. Ammo bu hujumning buyurtmaçisi bor, u Moskva şahrida ötiradi. Bu buyurtmaçi esa - prezident Putin», dedi Moravetskiy Polşa parlamentida bölib ötgan şoşilinç yiğiliş çoğida (iqtibos Euronews’niki).
U çegaradagi vaziyatni Rossiyaning ötmişda sovetlar ta'sirida bölgan mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştirişga urinişi deb baholagan.
«Bizning şarqiy çegaralarimiz xavfsizligi qöpol tarzda buzilmoqda. Bu sönggi 30 yil içida çegaralarimiz daxlsizligi sinovdan ötkazildi deb aytiş mumkin bölgan ilk holatdir», dedi polşaliklar boş vaziri.
Yaqin Şarqdan kelgan minglab qoçqinlar töplangan çegaradagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. Polşa mudofaa vaziri Mariuş Blaşçakning ma'lum qilişiça, 10 noyabrga ötar keçasi Polşa-Belarus çegarasini buzib ötiş uçun köp urinişlar amalga oşirilgan
Natijada noqonuniy migrantlarning ikki guruhi Polşa hududiga ötişga muvaffaq bölgan. Ammo ularning barçasi tez orada qölga olingan.
Çorşanba kuni polşalik çegaraçilar Belarusdan noqonuniy migratsiyaga vositaçilik qilgan Rossiya fuqarosi qölga olingani haqida xabar berişdi. Undan taşqari Şvetsiya va Litva fuqarolari ham uşlangan.
Moskvaning javobida nima deyiladi?
Moskva özi va Lukaşenkoga qaratilgan ayblovlarni - örinsiz deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
Çorşanba kuni boş vazir Moravetskiyning ayblovlariga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov javob qaytardi. «Biz Polşa boş vazirining Rossiya bu vaziyat uçun javobgarligi haqidagi sözlarini mutlaqo mas'uliyatsizlik deb hisoblaymiz. Bu mutlaqo qabul qilib bölmaydigan bayonotdir», degan Kreml vakili.
Peskov Polşa rasmiylarini qoralab, uşbu mamlakatning Belarus bilan çegarasida gumanitar halokat yuzaga kelayotgani va Yevropa özi da'vo qilgan insonparvarlik ideallaridan çekinayotganini qayd etgan.
«Gap minglab kişilarning hayoti va soğligi haqida ketmoqda, bu qoçqinlar hatto Polşada ham qolmasliklari va YeI hududiga içkariroq kirişni istaşlarini aytişmoqda», deya eslatgan u.
Avvalroq Rossiyadagi axborot agentliklari qoçqinlar tilidan şunday iqtiboslar keltirgandi. Çorşanba kuni RIA Novosti Polşa çegarasidan ötiş maqsadidagi qoçqinlardan biri bilan intervyuni naşr qildi.
«Biz Iroqqa qaytmoqçi emasmiz - bu 100, 200 foizga aniq. Biz şu yerda qolamiz. Yoki biz ölamiz, yoki ular çegarani oçişadi. Ularda ikki variant bor. Birinçisi - çegarani oçiş va biz ketamiz. Ikkinçisi - biz şu yerda qolamiz, oziq-ovqatlarimiz tugaşi va sovuq kunlar kelişidan qat'i nazar. Biz ölsak ölamiz, ammo heç qayerga ketmaymiz», degan u.
Şuningdek, Peskov Belarus-Polşa çegarasi butunlay yopilişi ehtimolini Belarusni «böğişga uriniş» deb atagan.
Lekin Kreml vakili Belarus çegarasidagi vaziyat tufayli Rossiya qandaydir harbiy kuçlarni harakatga keltirişi ehtimoli töğrisidagi savolga javob berişni istamagan. Uning sözlariga köra, hozirda Rossiya uçun risklar yöq, Belarus-Polşa çegarasida «zarur çoralar körilmoqda», Belarus migratsiya organlari «juda mas'uliyatli pozitsiya»ni egallagan.
Öz navbatida, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov çorşanba kuni Polşa hukumati va qöşni Litva Moskvaga hamkorlik borasida murojaat qilmagani bildirdi: «Polyaklar ham, litvaliklar ham, heç kim vositaçilik masalasida va bu muhokamalarda iştirok etiş böyiça aloqaga çiqqani yöq. Ular, menimça, umuman heç kimga murojaat qilişmagan».
Lavrov Varşava va Vilnyusni tanqid qilişda söz tanlaşda tiyilib ötirmadi, uning sözlariga köra, «Bu davlatlar yuzaga kelgan vaziyat uçun Belarusni ayblab, bu voqealar ortida Rossiya turgani haqidagi şov-şuvli bayonotlari bilan özlarini zör deb his qilib rohatlanişadi».
Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova esa migratsiya inqirozi yuzaga kelişida biratöla Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya va özini Venesuela prezidenti deb e'lon qilgan muxolifatçi Xuan Guaydoni ham ayblab yubordi.
«Ular ham şunga öxşaş gaplarni - öz mamlakati hududida qola olmasliklari va özlarini vaqtinçalik köçirilgan odam yoki quvğindagi qoçqin deb hisoblaşlarini aytişgandi. Ular ham himoya, qöllab-quvvatlov va yordam izlaşgandi», deya izohladi öz mantiğini Zaxarova (uning «Solovev Live» YouTube-kanalidagi çiqişidan «MK» iqtibos keltirgan).
«Hayratlanarlisi, albatta, biz Varşavadan eşitgan gaplar. Bu, töğrisini aytganda, menimça, soğlom aql doirasidan butkul çiqişdir. Men mamlakatimizga qaratilgan ayblar, umuman, vaziyatga baho beriş haqida gapiryapman», degan u polşaliklar boş vazirining Putin Belarus-Polşa çegarasidagi migratsiya inqirozi uçun javobgar ekani haqidagi bayonotiga javoban.
Lukaşenko esa migrantlar orqali uning 2020 yilgi saylovlardagi ğalabasini tan olmagan Ğarbga qarşi gibrid uruş olib borayotgani töğrisidagi ayblovlarni rad etişda davom etmoqda.
«Ha, hozir ular Belarusda «tuynuk» topişdi. Belarus orqali Yevropaga ötib olişni istaşmoqda. Ular mutlaqo qonuniy parvozlar orqali bizga kelişmoqda. Lekin ular Ğarb aviakompaniyalari uçmaydigan aeroportga kelişmoqda. Ya'ni Ğarb Belarus aeroportini özlari uçun yopib qöyişgan. Ammo bu joy heç qaçon böş turmaydi. Bu yerga Yaqin Şarqdan, Uzoq Şarqdan, bombardimon qilingan davlatlardan önlab samolyotlar parvoz qilmoqda», degan u migrantlarning harakatiga baho berarkan.
Bu vaqtda, Germaniya hukumati vakili Şteffan Zaybertning ma'lumot berişiça, kansler Angela Merkel Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan va undan qoçqinlar bilan boğliq vaziyatda Minskka bosim ötkazişni söragan.
Reuters’ning yozişiça, Merkel Putin bilan muloqotda «Belarus rejimi tomonidan migrantlardan foydalaniş noinsoniylik ekanligi»ni ta'kidlagan. Öz navbatida, Kreml Putin «muammoni YeIga a'zo mamlakatlar vakillari va Minsk örtasida töğridan töğri kontakt örnatgan holda muhokama qiliş» taklifini bildirgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi