Light | 11:26 / 11.11.2021
8475
3 daqiqa o‘qiladi

Telefon budkalari hali ham kerakmi? Buyuk Britaniyada ularni saqlab qolishga qaror qilishdi

Minglab qizil telefon budkalari ikki qavatli qizil avtobuslar bilan bir qatorda Buyuk Britaniyaning tashrif qog‘oziga aylangan. Endilikda ular foyda keltirsagina, saqlab qolinadi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya Ofcom telekommunikatsiya xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi BT kompaniyasi mobil aloqa signali yomon bo‘lgan, baxsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladigan tumanlarda mahalliy aholi budkalardan foydalansa, ularning qariyb 5 mingtasini yopishni taqiqlaydi. Muvofiqlashtiruvchi kompaniya vaziyatga aralashishni joiz deb topdi. Aks holda hayotiy muhim joylarda ham budkalar yo‘q qilib yuborilardi. Endi ular saqlanib qolishi uchun quyidagilar inobatga olinadi:

  • Budka baxsiz hodisalar va o‘z joniga suiqasd qilish holatlari tez-tez sodir bo‘ladigan yerlarda joylashgan;
  • So‘nggi 12 oy ichida avtomatdan kamida 52ta qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan;
  • Istisno holatlar taksofon mavjud ekanligini talab etadi;
  • Bu joyda Buyuk Britaniyada to‘rtta mobil operatoridan hech bo‘lmaganda bittasining signali ham yo‘q.

Mazkur texnologiya gullab-yashnagan vaqtda mamlakatda qariyb 92 mingta telefon budkasi bo‘lgan. Bugun katta yoshdagi aholining 96 foizi mobil telefonga ega. Taksofonlarga esa zaruriyat yo‘q.

Umuman olganda, barcha budkalar bekorga turgandi, deb bo‘lmaydi. Olti mingga yaqin qizil uychalar (ularning dizayni 1935 yilda mashhur arxitektor janob Jayls Gilbert Skott tomonidan ishlangan) mahalliy hukumat tomonidan kitoblar almashish punkti sifatida moslashtirilgan.

Foto: Getty Images

Hozirda vazifasiga ko‘ra foydalanilmayotgan budkalar munitsipalitetlarga bir funt sterlingga sotib olish va o‘z maqsadiga ko‘ra foydalanish uchun taklif etiladi.

Foto: Getty Images

Birlashgan Qirollikda hali ham 21 mingta telefon budkalari ishlayapti. Ayrim sabablarga ko‘ra mobil telefonlardan foydalana olmaydigan yoki foydalanishni istmaydiganlar uchun, yoki signal qabul qilish yomon bo‘lgan tumanlarda do‘stlar va yaqinlar bilan aloqa qilishning yagona vositasi bo‘lib qolmoqda.

Yana bir muhim jihati – yordam va qutqaruv xizmatlaridan biriga qo‘ng‘iroq qilish imkonini beradi. 2020 yilda bunday liniyalarga qariyb 150 mingta qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan.

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid