Kun.uz jurnalisti Şuhrat Şokirjonov mahallalarda hokim yordamçilari lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektorida iş tajribasiga ega bölgan kasb egalari majburan ötkazilayotgani böyiça holatni yoritib çiqişi ortidan blogerlar ham uşbu mavzuga e'tibor qaratdi.

Jumladan, huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev holatdan hayron qolmaganini aytadi.

“Umuman olganda, bu xabardan sira hayron qolganim yöq. Biror yangilikni bundan boşqaçaroq yöl bilan ijro qiliş haqida öylab ham körişmasa kerak. “Sen prezident siyosatiga qarşimisan” degan gaplarni ham 30 yildan buyon eşitib, könikib qoldik.

Aslida barça erkin kasb tanlaş huquqiga ega. Majburlab kimnidir boşqa işga ötkaziş mumkin emas. Har holda qoğozda şunaqa” – deydi u.

Davletov.uz telegram kanali uşbu holatni “kadrlar genotsidi” deb atagan:

“Şundoq ham davlat va jamiyat malakali kadrlarga oç bölib turganda, bunday “kadrlar siyosati” yaxşilik keltirmaydi. Bu bilan heç qanaqa natijaga erişilmaydi. Şundoq ham iş vaqtidan köp, hatto dam oliş kunlari işlayotgani yetmayotgandek, ularni qariyb majburlab, istak-xohişiga qarşi boşqa işga ötkazişni “kadrlar genotsidi”, deb baholasayam böladi”.

Otabek Bakirov öz sahifasida rasmiylar uşbu beboşliklarga munosabat bildirmayotganiga e'tibor qaratdi.

“...na bu işlarning boşida turganlardan, na hukumatdan va na hokimlardan bir javob bor. Göyoki bu işlar bölmayapti. Göyoki Turkmanistonda koronavirus yöqdek, göyo Özbekistonda “Ötkir iqtisodçilar”ga kadrlar genotsidi siyosati qöllanmayapti.

Parlament yöq, “Inson qadri uçun” şiori yozib qöyilgan kabinetlarda bölayotgan nojoiz işlar böyiça hukumatdan sörov söraydigan.

Sudlar yöq, jabrdiydalar şikoyat qilsa, haqiqatni yuzaga çiqaradigan va hokimiyat va hukumatning noqonuniy harakatlariga baho beradigan”, – deydi u.