“Endi har bir mahallaning öz budjeti böladi. Şu orqali ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratiş, jamoat işlariga jalb qiliş, yoşlarni kasbga öqitişni taşkil etiş vakolatlari hokim yordamçilariga beriladi.

Hokim yordamçilari iqtisodiyot va investitsiya idoralari, hokimiyatda işlaydigan bilimli va şijoatli yoşlar orasidan tanlanadi. Lavozimga qöyişdan oldin ular 2 oy davomida yangi tizim asosida işlaşga öqitiladi. 2-3 yil mahallada fidokorona işlab, özini körsatganlarni kelgusida rahbarlik lavozimlariga tayinlaymiz.

Agar uşbu yangi tizim barça şahar va tumanlarda samarali taşkil etilsa, uç yilda viloyatda işsizlik va kambağallikni keskin qisqartirişga erişiladi.

Umuman olganda, kelgusi beş yilda Surxondaryo viloyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantiriş uçun davlat hisobidan 50 trillion söm ajratiladi va jami 320 mingta yangi iş örinlar yaratiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.