“O‘rtada turganlar ham barobar gunohkor bo‘ladi” - haydovchilik guvohnomasini sotib olish haqida
Yo‘l harakati fiqhi bo‘yicha izlanishlar olib borgan imom Hasanxon Yahyo Abdulmajid Kun.uz bilan suhbatda yo‘l harakatiga doir shariat hukmlari haqida ma'lumot berdi.
Kun.uz Islom dinida yo‘l haqlari, yo‘l qoidalariga amal qilishning hukmi borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat tashkil etdi.
Haydovchilar va piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi, yo‘llardagi nosozliklar, ba'zida mas'ullarning e'tiborsizligi avariyalarga sabab bo‘layotgani Islom dinida ham qoralanadi.
Xususan, avtomaktabda o‘qish uchun hujjat topshirib, pul evaziga darslarga bormaydiganlar yoki imtihonlardan pul berib o‘tadiganlar qoidani bilmaslik oqibatida kimgadir zarar yetkazsa, uning gunohiga poraga aloqador boshqalar ham sherik bo‘ladi, deydi Kun.uz bilan suhbatda Hasanxon Yahyo Abdulmajid.
“Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim bizga aldov qilsa, u bizdan emas” deganlar. Shu sababli o‘qishda bo‘ladimi, hujjat ishlarida bo‘ladimi, qalbakilashtirish – shar'an nojoiz hisoblanadi. Avtomaktablarda pulga o‘qib olib, kerakli tajriba va bilimlarni olmasdan mashina minishga o‘tirsa va kimgadir talafot yetkazsa, bu haydovchining gunohiga barcha sabab bo‘lganlar sherik bo‘ladi. O‘rtada turganlar ham, pul olganlar ham barobar gunohkor bo‘ladi.
Chunki bu yerda aldov bor. Islomda aldov mumkin emas. Hatto dushmanni ham urushdan boshqa paytda aldash mumkin emas. Boz ustiga, bo‘ynida mas'uliyati bor shaxslarning bunday ishlarni qilishi umuman joiz emas”, – deydi suhbatdoshimiz.
To‘liq video:
Suhbat davomida yo‘l qoidalari amal qilish bo‘yicha shariat hukmlari, YTH ishtirokchilari, guvohlar va mas'ullarning holati, qoidabuzarlarni rasmga olib, yuborish hamda ayollar avtomobil haydashiga doir ko‘plab qiziqarli mavzular yoritib berilgan.
Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasidan o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
-
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Jahon | 20:01
Mavzuga oid

16:42 / 24.03.2025
Qirg‘izistonda qoidabuzar haydovchilardan to‘xtatilgan joyda imtihon olinadi

16:42 / 25.02.2025
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar profilaktik hisobga olinadi

11:26 / 12.02.2025
Haydovchilik guvohnomasi uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ma’lumotnoma qanday olinadi?

18:37 / 20.01.2025