Qatar-2022. Bugun Yevropada navbatdagi tur boşlanadi
|01:24 / 12.11.202110 2608 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
2022 yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda futbol tarixida ilk bor jahon çempionati qiş faslida bölib ötadi. Öziga xos qiziqarli lahzalarni taqdim etişi kutilayotgan 4 yillikning eng yorqin futbol musobaqasi saralaş bahslarining navbatdagi turi bugundan start oladi. Quyida JÇ-2022 Yevropa saralaş bosqiçi sönggi turlari prevyusi.
Reglament böyiça dunyoning FIFAga a'zo 211ta davlatidan atigi 32tasi uşbu nufuzli turnirga yöl oladi. Şu yöllanmalardan eng köpi köhna qit'a – Yevropa hissasiga töğri keladi. Uşbu qit'adan 13 terma jamoa Qatar mundialiga yöllanma oladi (Osiyodan 4-5ta, Afrikadan 5ta, Şimoliy Amerikadan 3-4ta, Janubiy Amerikadan 4-5ta, Okeaniyadan 0-1ta va bitta mezbon jamoa). 11-16 noyabr kunlari FIFA kunlari doirasida milliy jamoalar saralaşning sönggi bahslarini ötkazişadi.
Ayni damda guruhlarda vaziyat qanday?
JÇ yöllanmasini muddatidan avval qölga kiritganlar: Germaniya, Daniya;
Guruhni birinçi örinda yakunlaş imkoniyati saqlanib qolmoqda: Albaniya, Angliya, Bosniya va Gersegovina, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Polşa, Turkiya, Ukraina, Uels, Finlandiya, Fransiya, Şvetsiya;
Saralaşning 10ta guruhida ğolib bölgan jamoalar kelasi yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatar mezbonlik qiladigan JÇ-2022 final bosqiçiga töğridan-töğri yöllanmaga ega böladi. 2022 yilning 24-29 mart kunlarida esa 10ta guruhning 2-örin sohiblari va Millatlar Ligasidagi qoniqarli natijalari uçun JÇning sönggi saralaş bosqiçiga yöllanma olgan 2 milliy jamoa pley-offda iştirok etadi. Unda 12 davlat milliy jamoalari bitta öyindan iborat yarimfinal va finalda iştirok etadi. 3ta ğolib jamoa Qatarga yöllanma oladi.
Turnir jadvallari
A guruhidagi vaziyat: Portugaliya Serbiyaga qarşi
A guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Mavzuga oid
Navbatdagi öyinlar:
11 noyabr: Ozarboyjon – Lyuksemburg, Irlandiya – Portugaliya;
14 noyabr: Portugaliya – Serbiya, Lyuksemburg – Irlandiya.
V guruhidagi vaziyat: Ispaniya esa ikki öt orasida
14 noyabr: Ispaniya – Şvetsiya, Gretsiya – Kosovo.
Guruhda vaziyat ança keskin. Hatto 3-örindagi Gretsiyada ham JÇga yöllanma oliş uçun imkoniyat mavjud. Buning uçun ular Ispaniya va Kosovo ustidan faqat ğalaba qozonişi zarur. Şvetsiya Gruziya va Ispaniya bilan öyinlarda oçko yöqotgan taqdirda birinçi örinni boy berişi mumkin. Ispaniya esa ikki öt orasida: biryöla 1-öringa kuraş va şu vaqtning özida 2-örinni saqlab qoliş. Bu bizga qiziqarli qarama-qarşiliklarni yuzaga keltirişi aniq.
S guruhidagi vaziyat: Italiya Şveytsariyaga qarşi
C guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
12 noyabr: Italiya – Şveytsariya, Şimoliy Irlandiya – Litva;
15 noyabr: Şveytsariya – Bolgariya, Şimoliy Irlandiya – Italiya.
Guruh peşqadamlari nomi ma'lum, faqat birinçi örin masalasi oçiq turibdi. Bu örin ğolibi nomiga Italiya va Şveytsariya özaro öyinda oydinlik kiritadi.
D guruhidagi vaziyat: Fransiya peşqadamlikni kafolatlaydimi?
D guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
13 noyabr: Fransiya – Qozoğiston, Bosniya va Gersegovina – Finlandiya;
16 noyabr: Finlandiya – Fransiya, Bosniya va Gersegovina – Ukraina.
Bu guruhda Fransiya Qozoğistonni mağlub etsa, 1-örin kafolatlanadi. Umuman olganda, fransuzlar kamida 2-örinni naqd qilib ulgurgan. Şuningdek, Finlandiya va Ukraina ham yöllanma uçun kuraş olib boradi. Buning uçun ular faqat ğalaba qozonişi, Fransiya esa faqat yutqazişi lozim.
E guruhidagi vaziyat: Belgiya deyarli JÇda
E guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
13 noyabr: Belgiya – Estoniya, Uels – Belarus;
16 noyabr: Uels – Belgiya, Çexiya – Estoniya.
Belgiya ham eng kamida 2-örinni naqd qilgan. Agar ular Estoniyani mağlub etsa yoki Uels Belarusni mağlub eta olmasa, Martines şogirdlari JÇ uçun yöllanmaga ega böladi. Estoniya va Belarusda esa heç qanday imkoniyat mavjud emas.
F guruhidagi vaziyat: Daniyada yöllanma naqd
F guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
12 noyabr: Daniya – Farer orollari, Avstriya – Isroil, Moldova – Şotlandiya;
15 noyabr: Şotlandiya – Daniya, Isroil – Farer orollari, Avstriya – Moldova.
Bu guruhda 1-örin sohibi aniq. Kuraş 2-örin uçun keçadi. Agar Isroil Avstriya va Farer orollarini yengsa, Şotlandiya esa oçko yöqotsa, ular 2-öringa ega çiqişi mumkin. Aks holda şotlandlar 2-örinni saqlab qoladi.
G guruhidagi vaziyat: Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya örtasida kuraş
G guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
13 noyabr: Turkiya – Gibraltar, Norvegiya – Latviya, Çernogoriya – Niderlandiya;
Bu guruhda yöllanmalar uçun Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya kuraş olib boradi. Asosiy öyin esa niderlandlar va norveglar örtasida bölib ötadi.
H guruhidagi vaziyat: Xorvatiya - Rossiya – hal qiluvçi bahs
H guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
11 noyabr: Rossiya – Kipr, Slovakiya – Sloveniya, Malta – Xorvatiya;
14 noyabr: Xorvatiya – Rossiya, Sloveniya – Kipr, Malta – Slovakiya.
Guruh peşqadamlari nomi allaqaçon ma'lum: Rossiya va Xorvatiya bu örinlarni egallaydi. Faqatgina birinçi örin nomiga ular özaro uçraşuvda oydinlik kiritişadi.
I guruhidagi vaziyat: Angliya peşqadamlikni rasmiylaştiriş arafasida
I guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
12 noyabr: Angliya – Albaniya, Vengriya – San-Marino, Andorra – Polşa;
15 noyabr: Albaniya – Andorra, San-Marino – Angliya, Polşa – Vengriya.
Bu guruhda intriga saqlanib qolgan, 3-örindagi Albaniya ham 1-öringa da'vogarlik qilmoqda. Lekin imkoniyatlar inglizlarda köproq, sababi ular 8 öyinning barçasida mağlub bölgan San-Marinoga qarşi öyin ötkazadi va katta ehtimol bilan bu bahsni öz foydasiga hal qiladi. Polşa esa 1-öringa çiqişi uçun Andorra va Vengriyani taslim etib, «uç şerlar»ning oçko yöqotişini kutişga majbur.
J guruhidagi vaziyat: 2-örin uçun 4 jamoada imkoniyat bor
J guruhi
Foto: Telegram / FIFAWorldCup
Navbatdagi öyinlar:
11 noyabr: Armaniston – Şimoliy Makedoniya, Germaniya – Lixtenşteyn, Ruminiya – Islandiya;
Guruh peşqadami Germaniya JÇ yöllanmasini birinçilardan bölib naqd qilgan. Lixtenşteyndan taşqari qolgan 4 jamoada esa 2-örin uçun kuraşiş imkoniyati mavjud.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi