Köriş qobiliyati insonning eng asosiy sezgilaridan biri hisoblanadi. Aynan şu qobiliyat taşqi ma'lumotlarning aksariyat qismini oliş imkonini beradi. Obrazlar, taşqi dunyo manzaralari, hayot ranglari... Afsuski, köriş qobiliyatidan mahrum bölganlar bularning barçasidan bebahra. Közi ojizlar dunyosi biznikidan tubdan farq qiladi. Köriş qobiliyati tufayli biz bahramand bölayotgan va biz oddiy deb hisoblaydigan barça ne'matlar bunday insonlar uçun erişib bölmas orzudek.
Insonlarga közi ojizlar har kuni töqnaş kelişga töğri keladigan murakkabliklar töğrisida eslatiş uçun 1984 yilda Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan Xalqaro közi ojizlar kuni ta'sis etilgan. U har yili 13 noyabr kuni nişonlanadi.


Ezgu an'anaga köra ERIELL tomonidan Yunusobod tumani Közi ojizlar jamiyatining barça a'zolariga xayriya yordami körsatildi. Kompaniya xodimlari Jamiyatga taşrif buyurib, ERIELL guruhi nomidan ularga oziq-ovqat töplamlari va eng kerakli iste'mol tovarlarini taqdim etdi. Közi ojizlar jamiyati a'zolari beğaraz yordamni mamnuniyat bilan qabul qilib, kompaniya faoliyati yanada gullab-yaşnaşi va unga muvaqqiyatlar yor bölişini tiladi.
«Men 23 yoşimda köriş qobiliyatidan mahrum bölganman. Bundan oldin litseyda ingliz tili öqituvçisi bölib işlaganman. Biroq, köriş qobiliyatidan mahrum bölgaç, boşqa dars bera olmadim. Közi ojiz kişi dunyoni barmoqlari uçi yordamida his qilişini anglab yetgaç, men davolovçi massajga öqidim, şuningdek koll-sentrda ham işlayman. Aytişim mumkinki, hayot davom etmoqda, menga barça yumuşlarimda yordam berayotgan ikki nafar ajoyib qizçam voyaga yetmoqda, bundan juda baxtiyorman. ERIELLga beğaraz yordam, biz uçun muhim bölgan sanani yoddan çiqarmayotganlari uçun minnatdorlik izhor qilmoqçiman», – dedi Nasreddinova Surayyo.


Özbekistonda 45 mingdan ziyod röyxatga olingan közi ojiz yoki köriş qobiliyatidan qisman mahrum bölgan fuqarolar istiqomat qiladi. Ular kundalik hayotida qanday qiyinçiliklarga duç kelayotganini tasavvur qiliş muşkul. Quvonarlisi, hayot ranglaridan bebahra kişilarning köpçiligi hayotning turfa sohalarida özini namoyon qilmoqda.












