Hisob palatasi 2022 yilgi davlat budjeti loyihasi böyiça e'lon qilgan xulosasida jismoniy şaxslar uçun köçar mulk (avtomobil)ni rasmiylaştirişda undiriladigan davlat bojlari va yiğimlar miqdorini mulkning qiymatiga mos ravişda belgilaşni tavsiya qildi.

Xulosada qayd etilişiça, 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim qiymati yangi hamda foydalanişda bölgan avtotransport vositalari böyiça xarid qiliş narxining 1 foizi miqdorida belgilanişi nazarda tutilgan.

Palata hisob-kitoblariga köra, jismoniy şaxsga tegişli bölgan umumiy maydoni 100 kv.m.gaça (umumiy maydoni 70 kv.m. bölgan uy-joy misolida) qiymati örta hisobda 350-400 mln söm bölgan köçmas mol-mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq xarajatlar 607 ming sömni, qiymati örta hisobda 90-100 mln söm bölgan (Chevrolet Nexia-3 misolida) köçar mulkni boşqa şaxsga ötkaziş bilan boğliq xarajatlar esa 4 mln 738 ming sömni taşkil etadi va uy-joyga nisbatan avtomobil rasmiylaştirişda 8 barobar köp tölov undiriladi.

Hisob palatasi avtomototransport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun işlab çiqarilgan sanasi va ot kuçiga qarab tölov undirilişini bunday katta tafovutga sabab sifatida körsatgan.

“Yuqorida qayd etilganlarga asosan, fuqarolarga mulkiy munosabatlarni amalga oşirişda davlat röyxatidan ötkaziş jarayonlarini yengillaştiriş va mulk huquqini tölaqonli tasarruf etişga qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida, jismoniy şaxslar uçun köçmas va köçar mulkni rasmiylaştirişda undiriladigan davlat bojlari va yiğimlar miqdorini (mulklarni qiymatiga mutanosib ravişda) qayta körib çiqiş (unifikatsiya qiliş) lozim”, – deyiladi xulosada.

Avvalroq, Kun.uz saytida odamlarni köpdan beri qiynayotgan masala — eski avtomaşinalarni rasmiylaştirişdagi bojlar qayta körib çiqilişi lozimligi, ikkilamçi bozordagi avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştiriş haddan ziyod qimmatligi, şuningdek, yaşirin xarid sifatida notarial tasdiqlanadigan va nisbatan arzonroq boş işonçnoma keltirib çiqarayotgan xatarlar