Ta'kidlanişiça, röyxatda 2003 ta qonunbuziliş bilan kommunal xizmat körsatiş idoralari “yetakçilik” qilmoqda. Şuningdek, soliq organlari 52 ta, yer resurslari va davlat kadastr idoralari 135 ta, moliya idoralari 44 ta, bandlik va mehnat munosabatlari idoralari 60 ta, hokimliklar 88 ta, soğliqni saqlaş muassasalari 669 ta qonunbuzilişga yöl qöygan. Kiritilgan ta'sir çoralari natijasida vakolatli idoralarning 12 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanilgan hamda 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Şuningdek, boşqarma tomonidan 85 ta ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma rasmiylaştirilib, 84 nafar mas'ul xodim ma'muriy javobgarlikka tortilgan. 

Ayni vaqtda viloyatda davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 150 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari körsatilmoqda. 9 oyda aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga jami 244 381 ta davlat xizmati körsatilgan. Joriy yil davomida tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan 4 299 ta tadbirkorlik sub'yekti davlat röyxatidan ötkazilgan.

Qayd etilişiça, viloyatda 2021 yilning 1 noyabr holatiga 22 141 ta tuğilganlik haqidagi guvohnoma berilgan, 8 038 ta oilaga nikoh tuzilganligi töğrisidagi guvohnoma rasmiylaştirilgan. Şuningdek, 1 019 ajrim, 4 547 ölim holati böyiça dalolatnoma yozuvlari kiritilgan.