Özbekiston va Turkiya örtasida 2021 yilning dastlabki 9 oyida özaro savdo hajmi 2,4 milliard dollarga yetgan va bu körsatkiç ötgan yildagisiga nisbatan 70 foizga köproq. Bu haqda Özbekiston Boş vazirining örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Turkiya savdo vaziri Mehmet Muş örtasidagi uçraşuvda ma'lum qilindi.
Uçraşuvda ikki mamlakat bozorlariga özbek va turk mahsulotlarini yetkazib beriş hajmi va turlarini oşiriş, kelgusi yilda özaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş uçun yetarli salohiyat borligi ta'kidlangan.
Şuningdek, Özbekiston va Turkiya örtasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim hamda Elektron tijorat sohasidagi bitimlar ustida olib borilayotgan işlar bu yil oxirigaça yakunlanişi ma'lum qilindi.
Savdo yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş va bojxona tartib-taomillari soddalaştiriladi. Joriy yil oxirigaça ikki mamlakat bojxona xizmatlari Qöşma bojxona kengaşining 2-yiğilişini ötkazişi kutilmoqda.
Sardor Umurzokovning Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan ham uçraşuv ötkazdi. Ma'lum qilinişiça, 2016 yildan boşlab Özbekistonda turk kapitali iştirokida taşkil etilgan korxonalar soni 2 barobar, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan Turkiya investitsiyalari hajmi esa 10 barobar oşgan.
Uçraşuvda tomonlar yaqin kelajakda maşinasozlik, neft-kimyo, elektrotexnika, yengil sanoat, quriliş materiallari işlab çiqariş va farmatsevtika sohalarida yangi loyihalarni hayotga tatbiq etiş böyiça qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş va tasdiqlaşga kelişdi.
«Ikki mamlakat örtasidagi savdo rivojlanişining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Xususan, sönggi 5 yil yakunlariga köra, Özbekiston va Turkiya örtasidagi özaro savdo hajmi ikki barobar köpaydi, joriy yil boşidan buyon esa 70 foizga oşdi. Yaqin kelajakda Özbekiston-Turkiya savdo aylanmasi hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş zarurligi haqida yakdil fikr bildirildi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekiston va Turkiya örtasida Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim hamda Elektron tijorat sohasidagi bitim yuzasidan kelişiş işlarini yakuniga faollik bilan yetkazişga kelişildi», – deyiladi xabarda.
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra













