8-12 noyabr kunlari Turkiyada bölib ötayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli özbek kinoijodkorlari ham iştirok etmoqda.
Keça kinofestival dasturida “Özbek kinosi kuni” taşkil etildi. Avval “Ipak yöli durdonasi” Toşkent xalqaro kinofestivali haqida video rolik namoyiş etildi.

Tabrik uçun Özbekiston Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Turkiya madaniyat va turizm vaziri örinbosari Ahmet Demirkan sözga çiqişdi.

Keçada özbek milliy kuy-qöşiqlari va raqslari yangradi. Madaniy tadbir bayram tantanasiga aylanib ketdi. Şuningdek, taniqli özbek kino va estrada yulduzlarining çiqişlari taqdim etildi.

Söngra, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Raşid Malikovning “Tutqunlik” filmining premerasi bölib ötdi. Keçada özbek kinoijodkorlari, Turkiyadagi vatandoşlarimiz va mahalliy aholi ham iştirok etişdi. Bayram barçaga manzur böldi.

11 noyabrdan Turkiya milliy telekanallarida kinofestivalda namoyiş etilgan özbek filmlarining TV premeralari ham boşlandi.

Ma'lumot uçun, kinofestivalda Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamrayevning “Xalq jasorati”, Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari ham namoyiş etildi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati Ⓣ











