Umumiy maydoni 50 gektar bölgan yangi massivda 1400 öringa ega bölgan maktab, 1500 örinli bolalar boğçasi, poliklinika, 2 ta yoşlar mehnat guzari, IT-Park, kovorking markazi, 10 ta savdo dökoni, 1000 öringa möljallangan tikuvçilik sexi, non va non mahsulotlari işlab çiqariş sexlari quriladi. Şuningdek, viloyat hokimi körsatmasiga muvofiq yana qariyb şunça maydonda yaşil hudud barpo etiladi.

«Viloyatda uy-joy muammosini hal qiliş uçun ikki-uç yildan beri boş qotiramiz. Çunki uylarga talab yillar davomida töplanib qolgan edi. Bir xonadonda bir neçta kelin qaynonasi bilan yaşayotgan oilalar köp. Şuning uçun Yangiyerda ham yangi massiv qurişga kirişdik. Bu yerda jami 72 ta 5 va 7 qavatli, 2 584 xonadonli turar joylar quriladi, 3 mingga yaqin oila yaşaydi. Yangiyer viloyat markazi bilan raqobatlaşadigan şahar böladi», - dedi Ğofurjon Mirzayev.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi 

Yangi massiv loyihasiga köra, uşbu hududda 7,5 km içki yöllar, 3,5 km oqava suv tarmoği, 3,5 km içimlik suvi, 2,5 km tabiiy gaz, 3 km elektr tarmoqlari quriladi.