12 noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida özbek tilşunos olimlarining «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonuniga özgartirişlar kiritiş haqida»gi Qonun loyihasi böyiça yakuniy yiğilişi ötkazilgan. Bu haqda yiğilişda iştirok etgan, ammo ismi sir qolişi şarti bilan gapirgan Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaning ta’kidlaşiça, keçagi uçraşuv alifbo islohoti böyiça olimlarning yakuniy va hal qiluvçi yiğilişi maqomida ötgan. Ya’ni unda kelişilgan qarorlar endilikda qonunçilik palatasiga körib çiqiş va qonun sifatida ma’qullaş uçun kiritiladi.

«Bizga yiğiliş avvalida işçi guruh a’zolari tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasi körib çiqiş uçun tarqatildi. Loyihada alifbomizda eng muammoli bölgan törtta harf islohi böyiça taklif aniq qöyilgan. Ya’ni bular «sh» va «ch» hamda «o‘» va «g‘» harflarini «ş», «ç», «ō» va «ğ» şaklida özgartiriş masalasi. Bu taklif tilşunos olimlar tomonidan töla ma’qullandi.

Tadbir davomida yangi alifboga «ts» harfini kiritiş taklifi ham bildirildi, ammo bunga boşqalar qöşilmadi. Taklif ma’qullanmadi.

Şuningdek, yiğilişda olimlarimiz «ng» harf birikmasini ham bir harfdan iborat belgi «ñ»ga özgartiriş böyiça kelişib olişdi. Bu ayrimlarda e’tiroz uyğotdi, ammo taklif köpçilik tomonidan ma’qullandi. Şunday qilib, endilikda alifbomizga «ng» tovuşini ifodalovçi «ñ» belgisi ham kiritiliş ehtimoli paydo bölmoqda», – dedi manba.

Ma’lum bölişiça, yiğiliş davomida örtaga taşlangan va olimlar tomonidan ma’qullanmagan takliflar orasida «h» va «x»