14 noyabrda Bolgariyada prezident va parlament - Xalq yiğiniga muddatdan oldin saylovlar bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan soat 7dan butun mamlakat böylab 13 mingga yaqin saylov uçastkasi öz işini boşlagan va soat 20 gaça oçiq qoladi. E'tiborlisi, prezident lavozimiga 23 nomzod da'vogarlik qilmoqda.
Mamlakatda 6,7 mln kişi ovoz beriş huquqiga ega. Biroq ekspertlarning fikriça, saylovlarda aholining 50 foizdan kamroği iştirok etadi.
Parlament saylovlarida 20 ta partiya va 7 ta koalitsiya iştirok etmoqda, 240 deputatlik örniga 5 mingdan köproq nomzod da'vogarlik qilmoqda. Aholi orasida “Bolgariyaning yevropaça rivojlanişi uçun fuqarolar” partiyasi va Demokratik kuçlari ittifoqi koalitsiyasi katta qöllab-quvvatlovga ega.
Pandemiya şaroitida ötayotgan saylovlar taqdiri köp jihatdan ovoz beruvçilarning iştirokiga boğliq böladi. Agar ovoz berişda saylovçilarning 50 foizdan köproği iştirok etsa, unda ikkinçi muddatga da'vogarlik qilayotgan amaldagi prezident Rumen Radev 1-bosqiçdayoq ğalaba qozonişi mumkin. Biroq 21 noyabrda saylovlarning 2-bosqiçi ötişi ehtimoli yuqoriroq deb baholanmoqda.
Saylovlar borişini 4 mingga yaqin kuzatuvçi nazorat qiladi. Dastlabki natijalar saylov uçastkalari yopilişi bilanoq paydo bölişi kutilmoqda.












