Texnologik taraqqiyot kriptovalutalar, xususan ular orasida eng taniqlisi bölgan Bitcoinʼga talabning tez sur'atlarda ösib borişiga katta turtki berdi.

Kriptovaluta nima?

Kriptovaluta — maxsus kodlar orqali himoyalangan raqamli aktiv bölib, jönatma operatsiyalarida pul örnida işlatiladi. Uning jismoniy nusxasi yöq, faqat elektron axborot şaklida tayyorlanadi.

Xöş, kriptovaluta xarid qilib, foyda oliş mumkinmi?

Islom moliyasi böyiça xalqaro mutaxassis Xondamir Nusratxöjayev öz telegram kanalida kriptobiznesning tub mohiyatini anglaşga yordam beradigan bir hikoyani (ingliz tilidan tarjima qilingan) keltirib ötdi.

«Qadim zamonda bir savdogar bölgan ekan. Bir kuni u bir qişloq yaqinida maymunlar tödasi yaşaşini bilib qolibdi. Keyin savdogar qişloqqa borib, u yerdagi aholiga maymun sotib oliş niyati borligi va tutib kelingan har bir maymun uçun 100 tanga miqdorida pul bermoqçi ekanini aytibdi.

Qişloq aholisi, dastavval, uşbu holatdan rosa taajjubga tuşişibdi – qanday qilib bu inson bitta daydi maymun uçun 100 tanga berişi mumkin?!

Biroq qişloqdagi ayrim odamlar maymunlarni tutib kelib, savdogarga topşira boşlabdi va har bir maymun uçun va'da qilinganidek 100 tanga miqdorida pul olibdilar. Bu xabar butun qişloq böylab yaşin tezligida tarqalibdi va boşqa odamlar ham birin-ketin maymunlarni tutib kelib, savdogarga sota boşlaşibdi.

Bir neça kun ötgaç, savdogar endilikda har bir maymun uçun 200 tangadan bermoqçi ekanini e'lon qilibdi. Qişloq aholisi bu xabardan sarosimaga tuşib, qolgan maymunlarni ham tutib kela boşlabdi.

Savdogar va'da berganidek, har bir maymun uçun 200 tangadan tölovni amalga oşiribdi.

Oradan biroz vaqt ötgaç savdogar endi har bir maymun uçun 500 tangadan tölaşini atrofga ovoza qilibdi. Qişloq aholisi navbatdagi xabardan esankirab, közlariga uyqu ham kelmay qolibdi.

Odamlar oxirgi qolgan olti yoki yetti çamasidagi maymunlarni ham uşlab kelib, har birini 500 tanga evaziga savdogarga topşirişibdi. Şundan söng qişloq aholisi endi nima bölarkin, deb kuta boşlabdi. Bu orada savdogar bir haftalik ta'tilga ketayotgani va ta'tildan qaytgaç, har bitta maymun uçun 1000 tanga pul berişini ma'lum qilibdi.