Samarqand viloyati Bulunğur tumanida Nexia va Damas iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda Damas ağdarilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun 2021 yil 14 noyabr kuni soat 6:25 larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-47 avtomobil yölining Bulunğur tumani hudududan ötuvçi 9-kilometrida Nexia va Damas maşinalari yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Oqibatda Nexia haydovçisi tan jarohatlari olib tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan. Şuningdek, Damas maşinasi ağdarilib ketgan.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan Bulunğur tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.












