14 noyabr kuni hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga 2022 yil uçun Davlat budjeti loyihasi va Budjetnoma kiritildi. Bu haqda deputat Doniyor Ğaniyev xabar qilmoqda.
Uşbu hujjatlarga köra, fuqarolarga mulkiy munosabatlarni amalga oşirişda davlat röyxatidan ötkaziş jarayonlarini yengillaştiriş va mulk huquqini tölaqonli tasarruf etişga qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida 2022 yil 1 yanvardan boşlab avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim töliq bekor qilinadi.
Deputat Moliya vazirligidagi manbalarga asoslanib yozişiça, «Davlat boji töğrisida»gi qonunga kiritilişi kutilayotgan özgartirişga asosan avtomobil oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun undiriladigan davlat boji, transport vositasining ot kuçi va işlab çiqarilgan sanasidan qat’i nazar, BHMning 3 barobari (810 ming söm) etib belgilanadi (soliştiriş uçun amaldagi tölov miqdori BHMning 2 barobari (540 ming)dan 10 barobarigaça (2 mln. 700 ming).
«Demak, «2022 yil uçun davlat budjeti töğrisida»gi qonun qabul qilinişi hamda «Davlat boji töğrisida»gi qonunga tegişli özgartiriş kiritiş ortidan ikkilamçi bozordan sotib olingan avtomobilni rasmiylaştiriş xarajatlari keskin kamayadi.
Misol uçun, amaldagi tartibga asosan ot kuçi 105 bölgan va işlab çiqarilgan sanasi 3 yildan köp bölmagan «Neksiya» avtomobilining oldi-sotdi şartnomasini notarial rasmiylaştiriş uçun hozir örtaça 5 mln 535 ming söm xarajat talab qilinayotgan bölsa, qonunçilikka yuqoridagi özgartirişlar kiritilgandan söng (2022 yil 1 yanvardan) bu xarajatlar taxminan 4 mln sömga kamayib, 1 mln 600 ming atrofida böladi.
Statistik ma’lumotlarga köra, mamlakatimizda bir yilda 300 mingdan ortiq (işonçnomalar bilan hisoblaganda aslida 700 mingdan oşadi) avtomobil oldi-sotdi şartnomalari amalga oşirilişini inobatga olsak, közda tutilayotgan bu ijobiy özgarişlar natijasida fuqarolar ixtiyorida qöşimça 1,2 trln sömdan ortiq mablağ qoldiriladi», deya yozadi deputat.
U 2019 yil 1 oktyabrdan boşlab Özbekistonda işlab çiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun 3 foizlik yiğim avtomaşinalar narxiga kiritilgani va şu kungaça fuqarolar UzAuto Motors avtomaşinalarini 3 foiz ortiq narx bilan xarid qilib kelayotganini eslatib, endi uşbu yiğim bekor qilinişi ortidan UzAuto Motors avtomobil narxlarini 3 foizga tuşirişi kerakligiga işora qilgan.
«Lekin kompaniya xaridorlardan avtomaşina narxi içida olingan 3 foizlik yiğimni (birgina 2020 yilning 9 oyida 582,6 mlrd sömni taşkil etgan) şundoq ham davlat budjetiga








