Mehnat faoliyatini 1938 yili kolxozda boşlagan. II jahon uruşida front ortida mehnat qilgan.

«Kolxozda işladim. Yer ağdardim. Qazuv qazdim. U paytlari texnika yöq edi. Kanallarni qazdik. Undan keyin texnika çiqdi», — deydi yuzdan oşgan momo.

107 yoşli momo uruş davri xotiralarini aytib berdi: «Uruş davri hamma jangga ketdi. Undan heç kim qaytmadi. Uruşda erim öldi. Ölik kömişga odam qolmadi. Oxiri keksa ayollar ölik kömişdi. Ana, Rajabboy buvangni ayollar qabristonga olib borişgan».

Nukusdan 200 km olisda yaşayotgan momo gaz yöqligidan şikoyat qildi: «Qişda qayerda gaz bölsin?! Kesib taşladilar. Gaz yöq. Faqat ovqat pişiriş uçun gaz ballon, plita bor. Boşqa gaz yöq. Bergan puliga ötin sotib olamiz. Sovuq qotsak nima qilaylik? Koşki, boşqa iloji bölsa. Sovuq kuni sovuq qotib, issiq kuni qizib ötiramiz, bolam!»

Saadat Abdullayeva uruşdan keyin 31 yil maktabda farroşlik qilgan. U bir öğli va ikkita qizidan ayrilgan. Eri esa uruşdan qaytib kelmagan.

Keksa momoni hozir ham töylarga taklif qilişadi. U xonadonga yangi tuşgan kelinlarga yor-yor aytadi. 108 yoşga yaqinlaşayotgan momoning soçlari qorayişni boşlagan. Momoning 2 ta qizidan 8 nevara, 15 çevara va 4 evarasi bor.