Milliy gvardiya tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oşirildi. Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berişiça, polkovnik Inomjon Ibrohimov Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining jamoat xavfsizligini ta'minlaş böyiça birinçi örinbosari sifatida iş boşladi.

Qayd etilişiça, tayinlovga qadar polkovnik Inomjon Ibrohimov Milliy gvardiya maxsus brigada komandiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma'lumot uçun, general-mayor Rustam Jörayev Milliy gvardiya qömondoni hisoblanadi. Şu kunga qadar uning ikki nafar örinbosari bölgan. Ma'murjon Ğaniyev va Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qömondonining örinbosari sifatida işlab kelmoqda.