Qoidabuzarlarni videoga olib yuborish chaqimchilik emas - Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Ommaning haqiga zid ish qilinganda jamoatchilikning vakili sifatida buni yetkazish joiz hisoblanadi, lekin buni daromad manbayiga aylantirib olish shar'an halol emas, deydi yo‘l harakati fiqhi bo‘yicha mutaxassis Hasanxon Yahyo Abdulmajid.
Kun.uz Islom dinida yo‘l haqlari, yo‘l qoidalariga amal qilishning hukmi borasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat tashkil etdi.
Haydovchilar va piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi, yo‘llardagi nosozliklar, ba'zida mas'ullarning e'tiborsizligi yo‘llardagi avariyalarga sabab bo‘layotgani Islom dinida ham qoralanadi.
Suhbatdoshimiz, jamiyatda turli munozaradarni keltirib chiqargan holat – qoidabuzarlarni rasmga olib, tegishli organga yuborish hamda buning uchun pul mukofoti olish hukmi borasida fikr bildirdi.
“Fatvodan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yakka shaxslar qoidabuzarliklarni rasmga olib yuborish ortidan tirikchilik qilishi halol kasb hisoblanmaydi. Uning o‘rniga mehnat qilsin. Ikkinchidan, gohida yo‘lga qo‘yilgan taqiq yaxshi o‘rganmasdan qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin.
Umum tushuncha bo‘yicha, haydovchilar qoidaga amal qilishi kerak, lekin ana shu qoidaga amal qilolmay qolsa, yakka shaxslar undan daromad qilishi shar'iy jihatdan halol kasb hisoblanmaydi. Lekin daromad qilmoqchi emas-u, qoidabuzarlikni yetkazmoqchi bo‘lsa, bu mumkin. Balki bunday ishlarni goh-gohida qilish kerak. Chunki bu hozirgi til bilan aytganda ijtimoiy nazorat hisoblanadi. Bu chaqimchilik bo‘lmaydi, yakka holatlarga tegishli. Ommaning haqiga zid ish qilinganda, jamoatchilikning vakili sifatida buni yetkazish, inshalloh, joiz hisoblanadi. Lekin bundan daromad qilish joizmas”, – deydi Hasanxon Yahyo Abdulmajid.
To‘liq video:
Suhbat davomida yo‘l qoidalari amal qilish bo‘yicha shariat hukmlari, YTH ishtirokchilari, guvohlar va mas'ullarning holati, qoidabuzarlarni rasmga olib, yuborish hamda ayollar avtomobil haydashiga doir ko‘plab qiziqarli mavzular yoritib berilgan.
Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abduqodir To‘lqinov.
Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasidan o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Moped va skuterlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov joriy qilindi
16:58 / 11.12.2024
Avtomobilning piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun javobgarlik belgilanadi
16:12 / 06.12.2024
Piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
20:30 / 18.07.2024