Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qariyb 60 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxs ushlandi
Samarqand tumanida qariyb 60 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari noqonuniy savdosining oldini olish maqsadida Samarqand tumani “Samarqand-Navoiy” avtoshohbekati hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro T.M.ga tegishli bo‘lgan “Titanik” yozuvli quti ichida jami 15 kg bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Fuqarodan olingan pirotexnika vositalari ko‘zdan kechirilganda 48 blokda (har bir blokda 10 qutidan, har bir quti ichida 60 donadan) 28 800 dona “Britanik” yozuvli, 2 blokda (har bir blokda 10 qutidan, har bir quti ichida yozuvi bo‘yicha 60 donadan 1 200 dona) 30 000 dona “Treniya” yozuvli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:41 / 17.01.2026
Noqonuniy paqildoq va salyut otishning jazosi kuchaytirildi
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025