Zangiotadagi COVID markazida 112 yoşli bemor tuzaldi
|02:40 / 17.11.20214 1442 min
Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga oğir ahvolda olib kelingan 112 yaşar bemor bir oy davom etgan muolajadan söng kasallikdan soğayib ketdi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Şifoxona Jonlantiriş bölimi mudiri Ötkir Qodirovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 112 yoşni qoralagan Rizayeva Marjon Aziz qizida kasallik alomatlari 21 sentyabrda sezilgan.
“Dastlab kasallik yötal va tana haroratining kötarilişi bilan boşlangani uçun onaxon taniş şifokoriga murojaat qilgan va uy şaroitida muolaja olgan. Biroq ahvoli yaxşilanmagan, aksinça oğirlaşib qolgan. Şundan söng bemor tez tibbiy yordam maşinasida Zangiotadagi 2-sonli maxsus şifoxonaga olib kelingan.
Foto: Ötkir Qodirov
Qabul bölimida bemordan olingan ekspress test musbat natija körsatgan. 15 oktyabrda ötkazilgan multispiral kompyuter tomografiyasi tekşiruvida öpka töqimasining 86 foizi zararlangani ma’lum böldi. Tekşiruv natijalariga asoslanib bemor şifoxonaning jonlantiriş va intensiv terapiya bölimiga olindi”, deydi Ötkir Qodirov.
Şifokorning sözlariga köra reabilitatsiya muolajalaridan söng mustaqil nafas ola boşlagaç, 14 noyabr kuni bemorga uyiga ruxsat berilgan.
Foto: Ötkir Qodirov
Marjon Rizayeva 1909 yilning 1 iyul kuni Armanistonda tuğilgan. Millati ozar, Ozarboyjon Respublikasi fuqarosi. U koronavirusdan soğaygan dunyodagi eng keksa odamlardan biri böldi.
Avvalroq Ispaniyada 113 yoşli Mariya Branyas, Niderlandiyada 107 yoşli Korneliya Ras, AQŞda 104 yoşli uruş faxriysi, Xitoyda 103 yoşli ayol koronavirusdan soğayib ketgani ma’lum qilingandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi