Özbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz töldiriş şoxobçalari işlaş vaqtiga çeklovlar joriy etilmoqda. Energetika vazirligi axborot xizmatiga köra, kunning keçki va tungi vaqtlarida şoxobçalar faoliyati çeklanadi.
Xabarda çeklov oraliğiga oydinlik kiritilmagan. Vazirlik axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, har bir viloyat öz hududida zapravkalar işlaş vaqtini özi mustaqil ravişda belgilaydi.
“Bundan maqsad birinçi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilişi muhim hisoblangan aholi, şifoxona, maktab hamda maktabgaça ta'lim taşkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqaruvçi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta'minotida barqarorligini ta'minlaşdan iborat.
Hurmatli iste'molçilar, vaqtinçalik çeklov çoralari havo harorati biroz kötarilgunga qadar davom etadi”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, “AGTKŞ tez orada avvalgi tartibda işlaş rejimiga ötadi”.

















