“Tolibon” hukumati Rossiya va boşqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaş ustida işlamoqda. Bu haqda Afğoniston axborot va madaniyat vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid ma'lum qildi.

“Biz Rossiya va boşqa mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni imkon boriça tezroq tiklaş ustida iş olib bormoqdamiz”, – dedi u.

Mujohidning qöşimça qilişiça, toliblar agar taklif bölsa, Rossiyaga yangi taşrifni amalga oşirişga ham tayyor.

“Delegatsiyamiz yaqinda Rossiyada böldi. Va agar yangi taklif bildirilsa, bu taklifga ijobiy javob beramiz va taşrif buyuramiz”, – dedi Mujohid.