Joriy yilning 18 noyabr kuni birja savdolariga jami 4 ming 438,9 tonna AI-80 markali benzin qöyilgan bölsa, şundan 3 ming 339,7 tonna yoki 75 foizi sotilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi ma'lumot bermoqda.

«Körilgan amaliy tadbirlar natijasida, 15 noyabrga nisbatan 18 noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça sotiliş narxlari 1 tonnasi 10 mln 129 ming sömdan 9 mln 180,5 ming sömgaça pasayib, 9 foizga arzonlaşdi», — deyiladi xabarda.

Şuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvçi kunlik xaridorlar soni 3,7 barobarga oşgan (32 tadan 119 taga).

Avvalroq, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Farrux Qoraboyev benzin narxi oşişida manipulyatsiya holatlari aniqlanganini va körilayotgan çoralar sabab yaqin orada narxlarda özgariş bölişi mumkinligi haqida aytgandi.