Keça, 18 noyabr kuni soat 15:55 da Qoraözak tumani «Berdaq» OFY hududidagi metan «zapravka»da favqulodda holat yuz bergan. Bu haqda «Tynyşlyq saqşysy» gazetasi xabar berdi

Ma'lum bölişiça, tumandagi «AKK MeTAN OIL» «zapravka»sida «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgan. Holat çimboylik B.Q. ning maşinasiga gaz töldiriş vaqtida yuz bergan. Portlaş oqibatida hududda yonğin yuzaga kelgan.

Foto: KRuz.uz

Natijada Çimboy tumanida istiqomat qiluvçi S.A. va Qoraözak tumanida yaşovçi bir nafar yölovçi, «AKK MeTAN OIL» MÇJ işçisi J.D. lar tan jarohati olib, şifoxonaga tuşgan.

Foto: KRuz.uz

Ularning soğligi haqida hozirça qöşimça ma'lumot berilmadi. Bundan bir yil oldin Möynoqdagi metan «zapravka» qarşisida yonğin yuz bergandi.