Kreml matbuot xizmati xabariga köra, siyosatçilar savdo, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlikka e'tibor qaratgan holda ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişning asosiy masalalarini muhokama qiladi. Şuningdek, ular xalqaro muammolar, jumladan, Afğonistondagi vaziyatni ham körib çiqadi. 

«Ikki tomonlama hujjatlarning muhim paketi imzolaş uçun tayyorlab qöyildi», - deya xabar berdi Kreml. 

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi taşrifi çoğida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirdi.

«Taşrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasida hamkorlik böyiça yirik siyosiy qöşma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uçraşuvi çoğida turli sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlaş töğrisidagi bitim, quriliş, energetika, sanoat va qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça hujjatlarni alohida ta'kidlab ötiş lozim», dedi u.

Lavrovning sözlariga köra, taşrif çoğida tomonlar xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim, biologik xavfsizlik böyiça hukumatlararo anglaşuv memorandumini imzolaydi.

«Bu zamonaviy dunyoda rivojlanayotgan va hamkorligimizning uşbu yönalişi, şuningdek, kibermakon va biologik xavfsizlik sohasida yuzaga kelayotgan xavf va tahdidlarni aks ettiruvçi voqealarning ikkita dolzarb jihati. Biz ikki vazirlik örtasida hamkorlik dasturini qabul qilişni rejalaştirganmiz. U 2022-2023 yillarga möljallangan. Unda Rossiya va Özbekiston manfaatlari muştarakligi hamda har bir davlatning milliy ustuvorliklarini xalqaro maydonda kelişilgan holda ilgari suriş vektori belgilab beriladi», dedi u.

Avvalroq migratsiya amnistiyasi e'lon qilingan edi, u tufayli Rossiya çegarasini kesib öta olmagan 158 ming Özbekiston fuqarosiga Rossiya Federatsiyasiga kirişga ruxsat berildi.