Sönggi ma'lumotlarga köra, hukumatning 2 milliard funt sterlinglik «Kickstart» dasturi doirasida 100 mingdan ortiq yoşlar yangi lavozimlarni egallaşga kirişgan. Bu haqda BBC naşri yozmoqda.
2020 yil sentabr oyida boşlangan dastur uzoq muddatli işsizlik xavfi ostidagi yoşlarga qaratilgan. Biroq, pul 250 ming öringa ajratilgan. Hukumatdagi vazirlar endi iş beruvçilarni dastur joriy yilning 17 dekabrida tugaguniga qadar iş takliflarini berişga çaqirmoqda.
«100 000 ball bilan biz oxirgi bosqiçdamiz. Men iş beruvçilar va yoşlarni uşbu imkoniyatdan foydalanişga undayman», — dedi mehnat va pensiyalar böyiça kotib Tereza Koffi.

Uşbu sxema böyiça korxonalar «Kickstart» uçun joy yaratiş maqsadida Mehnat va pensiyalar departamentiga (DWP) murojaat qiladi, keyinçalik ularning muvofiqligi tekşiriladi.
16 yoşdan 24 yoşgaça bölgan yoşlar özlarining bandlikka kömaklaşiş markazlaridagi murabbiylari tomonidan lavozimlarga tayinlanadi. Keyin ular potensial iş beruvçi bilan suhbatdan ötadi va ularni işga oliş yoki olmaslik haqida qaror qabul qilinadi.
Har bir yoşning muvaffaqiyatli işga joylaşişi uçun hukumat haftasiga 25 soat uçun 6 oy davomida eng kam iş haqi miqdorida pul tölaydi. Xarajatlarni qoplaş va könikmalarni rivojlantirişga yordam beriş uçun har bir iş örni uçun qöşimça 1 500 funt-sterling miqdorida grant mavjud.
«Kickstart» sxemasi birinçi marta ötgan yili kansler Rişi Sunakning bayonotida qayd etildi. Dastlab uni amalga oşiriş sekin keçdi, çunki koronavirus bilan boğliq çeklovlar köplab yoşlarning iş boşlaşini qiyinlaştirdi, ammo iqtisod tiklanişi bilan jarayon faollaşdi.

DWP ma'lumotlariga köra, sönggi bir oy davomida har haftada örtaça 3400 dan ortiq yoşlar «Kickstart» dasturini boşlagan. Uşbu sxemada iştirok etuvçi iş beruvçilar orasida Yorkshire Water, Pinewood Studios, JD Spors, English Football League Trust va SeaGrown kompaniyalari bor.
«Kelajakdagi muvaffaqiyatimiz yoşlarimizga boğliq, şuning uçun biz ularga öz salohiyatini töliq röyobga çiqariş uçun zarur bölgan könikma, tajriba va imkoniyatlarni beriş uçun «Kickstart» sxemasini joriy qildik.












