«Eng asosiy vazifa iqtisodiyotimiz ösişi va yoşlarimiz qöşimça daromad topişiga yordam beriş. Ya'ni qayerdadir biz bilmagan imkoniyatni balki AKTni joriy etiş orqali tezlaştirib yuboriş böyiça fikrlar bordir. Davlat-xususiy şerikçilik körinişida böladimi yoki boşqaça revenue-sharing mexanizmi (Manfaatdor tomonlar yoki hissadorlar örtasida tovarlar va xizmatlarni sotiş natijasida hosil bölgan umumiy daromad miqdorini taqsimlaş) asosidami, har qanday takliflarni körib çiqişga tayyormiz», — deya yozmoqda vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Yönalişni rivojlantiriş böyiça aniq taklif va loyihalarni uşbu havola orqali yuboriş mumkin.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 noyabr kuni Şerzod Şermatovni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimiga tayinlaş töğrisida prezident farmoni imzolangan edi.

Şerzod Şermatov vazirlikni 2017-2018 yillarda ham boşqargan. Sönggi uç yil davomida xalq ta'limi vaziri lavozimida faoliyat körsatayotgandi.

Joriy yilning 5 noyabr kuni sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov Özbekistonda Telegram va boşqa ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi ortidan prezident farmoniga asosan öz vazifasidan ozod etilgan edi