Prezident Şerzod Şermatovni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmonini imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

17 noyabr kuni Şermatovning nomzodi vazirlikka Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan ma'qullangandi.
Şerzod Şermatov (1977 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat texnika universiteti (1998) va AQŞdagi Yyel universiteti bitiruvçisi (2000). 2018 yil iyunidan xalq ta'limi vaziri lavozimida işlagan. Ungaça bir neça oy davomida Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari bölgan.
2017—2018 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri vazifasini bajaruvçi bölgan, avvalroq, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraliga qadar şu vazirlikda vazirning birinçi örinbosari sifatida işlagan.
Undan avvalroq — 2014 yildan Toşkentdagi Inha universiteti rektori bölgan. 2012—2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasi raisi örinbosari edi (hozirgi — AKT).
Prezident farmoniga asosan Xalq ta'limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odiloviç Saidov tayinlandi. Bu haqda XTV matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Baxtiyor Saidov 1981 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U turli yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida turli lavozimlarda işlagan, 2016—2017 yillarda «Özbekengilsanoat» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari — boş menejyeri bölgan. Sönggi vaqtlarda Özbekistonning bir qator davlatlardagi elçisi (2017 yildan Xitoy, Möğuliston va Filippin davlatlarida) lavozimlarida faoliyat yuritgan.











