Apple kompaniyasi ayrim iPhone 12 va 12 Pro smartfonlarida dinamik nosozligi tufayli ovoz bilan boğliq muammolar kelib çiqişi mumkinligini bildirdi.
Qayd etilişiça, ayrim holatlarda qönğiroq vaqtida sözlaşuv dinamigi işlamasdan qolişi mumkin. Muammoni bartaraf etiş uçun sözlaşuv modulini almaştirişga töğri keladi.
2020 yil sentyabrdan 2021 yil aprelgaça işlab çiqarilgan nuqsonli iPhone 12 va 12 Pro smartfonlari sotuvga çiqarilganidan boşlab ikki yil davomida bepul tuzatib berilişi aytilmoqda.
Bu iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max smartfonlariga taalluqli emas.
Bepul ta'mir butun dunyo böylab amalga oşiriladi.












