Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy “Gazprom” va Rossiya hukumatining harakatlari hamda “Şimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilişi tufayli Yevropada inflatsiya vujudga kelganini aytdi.

Yevrostat ma'lumotlariga köra, oktyabrda Yevrohududda yillik 2008 yil iyuldan buyon ilk bor rekord 4,1 foizlik körsatkiçni taşkil qildi. Bir oy avval bu körsatkiç 3,4 foizga teng edi. Moravetskiy Yevropa mamlakatlaridagi bunday yuqori inflatsiya energiya, xususan, gaz narxi oşişi natijasida kelib çiqqanini aytdi va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasini narxlarni kötarişda aybladi.

“Bugun Yevropaning köplab mamlakatlarida inflatsiya oxirgi 20-30 yildagiga nisbatan tarixiy yuqori darajada bölgan vaziyatga duç keldik. Energiya narxi balandligiga “Gazprom” va Rossiya javobgar. “Şimoliy oqim-2”, bugun prezident Putinning şantaj quroliga aylangan bu quvurni bloklaş örniga uning qurilişiga yordamlaşgan Yevropa xalq partiyasi javobgar”, — dedi Moravetskiy.

Kuzning boşida Yevropada gaz narxi keskin kötarildi. Oktyabrda uning narxi ikki ming dollarga yaqinlaşdi.

Ayni paytda Londondagi ICE birjasida gaz narxi 994 dollarni taşkil qilmoqda.