Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 10:00 larda Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan «Çinor» muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori vodiy yönalişidan Toşkent tomon kelayotgan davlat raqami 50 A 955 EA bölgan «ISUZU» rusumli transport vositasini tekşiriş maqsadida töxtatadi. Haydovçi Namangan viloyatida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan P.J.ning harakatlari YPX inspektorida şubha uyğotadi. Avtomaşinani közdan keçiriş vaqtida yukxonada 17 xil turdagi 108 quti dori vositalari mavjudligini aniqlandi.
Uşbu dori vositalari hujjatlari söralganda, haydovçi heç qanday hujjatlar taqdim eta olmagan. Suriştiruv jarayonida dorilar noqonuniy olib ketilayotgani aniqlangan. Şundan söng YPX inspektori haydovçi va olingan aşyoviy dalillarni tuman IIBga topşirgan.
















