Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:33 / 24.11.2021
3798
2 daqiqa o‘qiladi
Qoraqalpog‘istonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilinadi
Foto: The Kiev Times
Vazirlar Mahkamasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hududda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
- hududda yurak-qon tomir, o‘tkir ichak, buyrak, o‘pka, onkologik va boshqa turdagi kasalliklarni barvaqt aniqlash va yuqori texnologik davolash usullarini amaliyotga tatbiq qilish;
- respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda sayyor maslahatlar, mahorat darslari o‘tkazib berish;
- respublika tibbiyot muassasalari, shuningdek xususiy tibbiyot tashkilotlari hamda NNTlarning malakali mutaxassislarini Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tizimli jalb qilish choralarini ko‘rish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida biriktirilgan respublika tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining tibbiyot muassasalarida sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ro‘yxati.
Malakali mutaxassislarning temiryo‘l transporti bilan kelib-ketishiga oid xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025