Yangi davr bizga tuhfa etgan narsalardan asosiysi – söz erkinligi. Aynan söz erkinligi çorak asr davomida yiğilib kelgan muammolar haqida pana-pastqamda emas, baralla gapiriş imkonini berdi. Va aynan söz erkinligi öşa muammolarning yeçimi haqida jamiyat bölib – birgalikda öylaş imkonini yaratdi – tunnel oxirida yoruğlik körindi. Söz erkinligi vositasida xalq bir tana, bir jon bölişi mumkinligini sezdik.
Söz erkinligi ta'bir joiz bölsa, ommatan tuşib qolganimiz – tözib yotgan “muammoxona”ni köpçilik bölib yiğiştirişga kirişiş uçun zamin yaratdi.
Muammolar tölib-toşib yotgan bölsa va hamma buni körib turgan bölsa-yu, ammo gapirolmasa, göyo ikkita parallel dunyo paydo böladi: biri rost, biri yolğon, biri – hayot, ikkinçisi – televizor.
Şu bois ham bu borada vaziyatning tubdan özgarganligi meni şaxsan juda xursand qilgan edi: “Böldi, jarlikka qarab yurişdan töxtadik, bu yoği yaxşi böladi, çunki söz erkinligidek insoniy huquqlarning muhim sohasida özgariş sodir böldi”. Elektron OAVning faollaşişi bu jarayonni tezlatib yubordi. Biroq...
Tuhfaga hamla
Oxirgi paytda eşitayotgan-bilayotganimiz xavotirli signallar ölaroq yangrayapti – yuzaga kelgan ijobiy jarayon ortga qarab ketayotgandek göyo.
“Falon bloger falon hokimni tanqid qilgandan söng qamoqqa olindi”, “falon kişi muammolar haqida internetda gapirgandan söng uyiga militsiya kelibdi”, “bir kişi yuqoriga şikoyat yozgan ekan, bosimga uçrabdi” va hokazo, va hokazo.
Şundoq keçagina muammoni kötargan şikoyatçi bugun ertalabdan “hazillaşdim” yoki “adaşibman, tavba qildim” deb turişi odatiy holga aylanib qoldi.
Şikoyatçilar yaşin tezligida “hazilkaş” yoki “tavbagöy”ga aylanişi sababini köpçilik tuşunib turibdi, bu uçun qanaqa uslublar qöllanişi, qanday “riçaglar” bosilişi, şikoyatçining eng nozik joylariga qanday urilişini-da bilamiz – Mars sayyorasidan tuşganimiz yöq, Yerda yaşayapmiz, ammo bunga qarşi heç narsa qila olmasligini ham omma biladi. Natijada kişilar ongida yana öşa holat yuz berib turibdi – muammo bor, manbasi bor, biroq holatning na e'tirofi bor, na yeçimi.
Xatar
Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva Kun.uz orqali şikoyat qilganidan keyin hibsga olinişi, avtobloger Bobur Ğaniyevning













