KXDR fuqarosi «Kalmar öyini» serialini köçirib sotgani uçun ölimga hukm qilindi. Bu haqda RFA xabar bermoqda.
U serialni Xitoyda fleş xotiraga köçirib olgan va uyiga qaytganidan söng nusxa köpaytirib hamyurtlariga sotgan.
Uşbu holat bir neça nafar maktab öquvçilari serial tomoşa qilib ötirganida uşlanganidan söng aniqlangan. Öquvçilar beş yilga majburiy mehnatga hukm qilingan, maktab xodimlari esa işdan böşatilgan.
«Hukumat bunga jiddiy qaraydi, çunki bunday holatlar yoşlarning ta'lim olişini buzadi. Markaziy qömita maktab direktori, yoşlar işlari böyiça kotib va sinf rahbarini işdan böşatdi», — degan manba.
Qayd etilişiça, KXDRda ötgan yili kapitalistik mamlakatlar videomahsulotlarini olib kirganlik va tarqatganlik uçun jazolaş közda tutilgan qonun qabul qilingan.












