Samarqandda konteyner içidan ikki nafar işçining jasadi noma'lum moddadan zaharlaniş alomatlari bilan topilgani haqida xabar berilgan edi. Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov ularning ölimi sabablarini aniqlaş yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, ikki nafar yollanma işçi 17 noyabr kuni «Agrokimyota'minotservis» MÇJ hududidagi yaşaş uçun moslaştirilgan konteynerda qölbola usulda yasalgan peçkadan çiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Past Darğom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.












