Samarqand şahridagi yoşlar markazida içki işlar vazirligi tomonidan «Yangi Özbekiston – yangi içki işlar organlari» şiori ostida öziga xos uç avlod uçraşuvi ötkazildi. Unda sobiq içki işlar vaziri, ayni damda içki işlar akademiyasi boşliği maslahatçisi vazifasida işlayotgan general-leytenant Bahodir Matlubov ham iştirok etdi. Şuningdek, sohada öz nomiga ega bölgan yana bir neça nafar faxriylar öz tajribasi bilan bölişdi.

Foto: KUN.UZ

Nega uç avlod uçraşuvi?

Içki işlar vazirligi yoş xodimlarning tajribasini oşiriş maqsadida barça viloyatlarda uç avlod uçraşuvi şaklidagi öziga xos master-klasslarni ötkazib kelmoqda. Unga köra, birinçi avlod – içki işlar tizimida samarali mehnat qilgan faxriy xodimlar, ikkinçi avlod – ayni damda tizimda mehnat qilayotgan ofitserlar, uçinçi avlod – IIV qoşidagi akademik litseylarida tahsil olayotgan kursantlar.

Uçraşuvni Samarqand viloyat IIB boşliği polkovnik Şavkat Rahmonov boşlab berdi. U tadbirning asosiy mehmoni bölmiş sobiq içki işlar vaziri general-leytenant Bahodir Matlubovning faoliyati haqida yoş ofitser va kursantlarga ma'lumot berdi. Şundan söng, birin-ketin faxriy içki işlar va prokuratura xodimlari söz olişdi.

Şavkat Rahmonov, Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği

General-leytenant Bahodir Matlubov, 2006-2013 yillarda Özbekiston içki işlar vaziri: «Men mana şu Samarqand zaminida tuğilganman, şu yerda öqib, işlaganman. Bu yerdagi köpçilikni ançadan buyon körmagandim. Sobiq ittifoq davridan buyon hozirgaça mamlakat tinçligi uçun imkon boriça işlab kelyapmiz. Tinçlik jamiyatdagi eng asosiy narsa. Bu zalda ötirgan faxriylarning har biri bir kitob qilib yozgulik hayot keçirgan.

Uç avlod uçraşuvi doirasida Qoraqalpoğistondan boşlab barça viloyatlarda bölyapmiz. Hamma yerda tanib bölmaydigan darajada özgarişlar bölyapti. Buxoroda işlagan vaqtimda hamma köçalarni topib bora olardim, hozir esa tanib bölmaydi, şahar özgarib ketgan. Yaxşi tomonga, albatta. Buxoroda keçki 18:00 dan keyin oçiq dökon yoki ijtimoiy bino topa olmasdingiz. Hozir tunda ham hayot qaynayapti. Samarqandda ham bunyodkorlik işlari töxtab qolgani yöq. Kelasi ŞHT sammiti ötişi ham bejiz emas», dedi Matlubov.