Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda aholi jon boshiga 2,4 kilogrammdan tarqatilgan arzon un uchun uzun navbat hosil bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida aholi jon boshiga 2,4 kilogrammdan tarqatilgan arzon un uchun uzun navbat hosil bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda G‘uzor tumani Xalqobod mahallasi aholisiga un tarqatilayotgani va bu jarayonda fuqarolar navbat kutib qolgani aks ettirilgan.
G‘uzor tumani hokimligi ma'lumotiga ko‘ra, viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida G‘uzor tumanida 207,6 ming nafar aholiga noyabr oyida 498,3 tonna arzonlashtirilgan un mahsuloti tarqatilishi rejalashtirilgan.
Shundan tumandagi Xalqobod mahallasida yashovchi 5616 nafar fuqarolar uchun 2,4 kgdan jami 13,5 tonna arzonlashtirilgan un mahsulotini tarqatish belgilangan.
2021 yil 25 noyabr kuni “Normurod bobo” xususiy savdo korxonasi rejada belgilangan 13,5 tonna un mahsulotini Xalqobod qishlog‘i aholisi uchun olib borgan.
Unni tarqatish jarayonida korxona ishchilari soni kamligi, kichik hajmli un qopi mavjud emasligi, unni aholi jon boshiga 2,4 kilogrammdan o‘lchab berish vaqt talab etgani va qisqa vaqtda fuqarolarning ko‘pchiligi yig‘ilib kelgani natijasida uzun navbat hosil bo‘lgan.
«Shunday bo‘lsa-da, kelgan fuqarolarning barchasiga un tarqatilgan. Kelgusida shu kabi holat takrorlanishining oldini olish maqsadida mutasaddilar ogohlantirildi. Chora-tadbirlar ishlab chiqilib, alohida nazoratga olindi», deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 15 oktyabrdan I navli unning ochiq birja savdosi orqali sotilishi yo‘lga qo‘yilgan edi. Biroq O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangach, 2020 yil aprel oyida unni ochiq savdoda sotish to‘xtatildi.
2020 yil 6 apreldagi koronavirus pandemiyasi sharoitida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, un mahsulotini barcha hududlarga bir maromda yetkazib berishni ta'minlash maqsadida, birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bilan sotilishi belgilangandi.
P.S. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston bozorlarida unning narxi sezilarli ko‘tarildi. Hozirgi kunda joylarda Qozog‘iston bug‘doyidan tayyorlangan 1-nav unning bir qopi 250-270 ming so‘m, O‘zbekiston bug‘doyidan tayyorlanayotgan unning bir qopi 200-220 ming so‘m sotilmoqda.
Mavzuga oid
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
19:17 / 07.11.2025
Qashqadaryoda mudhish YTH: bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
15:46 / 03.10.2023