Ötgan yil aprel oyida koronavirus pandemiyasi boşlangaç, unni oçiq savdoda sotiş töxtatilgan edi. Un birjadan nega olib taşlangani va qaçon oçiq savdoga qaytarilişi borasida Respublika tovar xom-aşyo birjasi AJ boşqarma boşliği Mansurjon Töyçiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.
«Maxsus komissiya qarori bilan unni çekka hududlarga yetkazib beriş maqsadida birjada sotiş töxtatilgan. Bu qarorda «lokdaun» – yöllar yopilgan paytda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini aholiga manzilli yetkazib beriş maqsad qilingan edi. Unni oçiq birja savdolariga qaytariş uçun maxsus komissiya qarori bekor bölişi kerak. Mana şu qaror hukumat tomonidan qabul qilinişi bilan un böyiça şaffof birja savdolarini taşkillaştirib beradi»,- dedi boşqarma boşliği.
Respublika tovar xom-aşyo birjasi AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Zulfiddin Kamolovga köra, unni birjaga qaytariş borasida çoralar öylanmoqda, biroq hali aniq muddat belgilanmagan. U bu haqda 20 aprel kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Xabaringiz bor, bizda birjada un sotilişni boşlagan edi. Bu tizim vakolati vaqtinçalik hokimliklarga ötkazilgan. Aholi sonidan kelib çiqqan holda, röyxat asosida töğridan töğri sotiş mexanizmi joriy qilindi. Unni oçiq birja savdosiga qaytariş masalasi tegişli hukumat idoralari tomonidan körib çiqilmoqda. Biroq, aniq muddat belgilanmagan»,- dedi u.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 6 apreldagi koronavirus pandemiyasi şaroitida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, un mahsulotini barça hududlarga bir maromda yetkazib berişni ta'minlaş maqsadida, birja savdolarisiz töğridan töğri şartnomalar bilan sotilişi belgilangandi.
«Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruv raisining birinçi örinbosari Şuhrat Uzoqov pandemiya davrida kompaniya tarkibiga kiruvçi don mahsulotlari işlab çiqaruvçilari bilan töğridan töğri şartnoma qilgan holda, tadbirkorlar un xarid qilişi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Şuningdek, ötgan yil aprel oyida un mahsulotlari yetkazib berilişi hamda narxlarning şakllanişi soliq va huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qat'iy nazoratga olinişi xabar qilingan edi.
















