Koronavirus pandemiyasi şaroitida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib un mahsuloti, barça hudularga bir maromda yetkazib berişni ta'minlaş maqsadida, birja savdolarisiz töğridan-töğri şartnomalar bilan sotilişi belgilandi. Bu haqda hukumatning joriy yil 16 apreldagi «Koronavirus pandemiyasi şaroitida respublika aholisini davlat resurlari hisobiga un mahsulotlarini tizimli va kafolatli yetkazib beriş çora-tadbirlari töğrisida»gi yiğiliş bayonida bildirilgan.
«Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruv raisining birinçi örinbosari Şuhrat Uzoqovning Kun.uzʼga ma'lum qilişiça, pandemiya davrida kompaniya tarkibiga kiruvçi don mahsulotlari işlab çiqaruvçilari bilan töğridan-töğri şartnoma qilgan holda, tadbirkorlar un xarid qilişi mumkin.
«Örnatilgan tartibga köra, tadbirkorlar röyxati tumanlar kesimida şakllantiriladi. Uşbu röyxat asosida tadbirkorlar viloyatda faoliyat olib boruvçi don mahsulotlari korxonalariga biriktiriladi. Şuningdek, uşbu işlarni taşkil etiş va nazoart qiliş Iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda huquq-tartibot organlari tomonidan yuritiladi», - deydi u.
Ta'kidlanişiça, un mahsulotlari yetkazib berilişi hamda narxlarning şakllanişi soliq va huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qat'iy nazoratga olindi.
Hukumat topşiriğiga asosan, «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida işlab çiqarilgan bir qop un uçun narx 125 ming söm qilib belgilandi.
Uzoqovning aytişiça, davriy xarajatlar bilan 50 kilgrammli bir qop un tadbirkorga 140 ming sömdan kam pulga tuşadi.
Bundan taşqari, Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi un va ğalla eksportiga qöyilgan kvotani oşirişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari tasarrufida bölgan zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan 52ta tegirmon sexlarida har kuni 6000 tonnadan ortiq un işlab çiqarilmoqda.
«Bugungi kunda tizim korxonalari omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib çiqib işlab çiqariş xajmlarini oşiriş imkoniyatlari mavjud. Bundan taşqari, tizim korxonalari omborlarida respublikamiz aholisining un mahsulotiga bölgan talabini töla qondiriş uçun yetarli miqdorda don zaxiralari mavjud», - deya ma'lumot berdi Uzoqov.

















