Xitoyning yirik korxonalari işçilaridan WeChat messenjeridagi işçi guruhlarini öçirişni söragan. Bu haqda öz manbasiga tayanib Wall Street Journal yozmoqda.

Manbada aytilişiça, China Mobile, China Construction Bank, China National Petroleum kabi yirik korxonalar işçilaridan WeChat'dagi guruhlarni va messenjerda saqlangan ma'lumotlarni öçirişni söragan.

Korxonalarda nega işçilardan bu narsa söralgani aytilmagan, ammo Xitoy hukumati internet gigantlar ustidan nazoratni kuçaytirgani asosiy sabab bölişi mumkin.

Xitoyda köplab davlat va nodavlat kompaniyalar özaro aloqani ta'minlaşda WeChat (xitoyçasi Weixin) messenjeridan foydalanadi. Xitoyning Tencent kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan ilova orqali nafaqat çat va bloglar taşkil etiş, balki taksi çaqiriş, ovqat buyurtma qiliş, kommunal tölovlarni amalga oşiriş ham mumkin. Pandemiya vaqtida masofadan işlaşga ötganlarning aksari aynan şu ilovadan foydalangan.

Oldinroq Xitoy hukumati Tencent kompaniyasidan ilovaning har bir yangilangan versiyasini e'lon qilişdan avval hukumatdagi maxsus idoralar bilan maslahatlaşişi kerakligini talab qilgan. Kompaniya davlat nazoratçisi bilan işlaşga tayyorligini aytib, qandaydir işonçsizlik körinayotgan bölsa, özining WeCom messenjeridan foydalanişni taklif qilgan.

2021 yil avgust oyida Xitoy hukumati WeChat va yana 42 ta internet servisni foydalanuvçilarning ma'lumotlarini noqonuniy tarqatişda ayblagan edi.