Soçida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon yetakçisi Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri örtasidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi, deb xabar berdi “Izvestiya”.

Xabarda aytilişiça, muzokaralar uç soat davom etdi.

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, keyinroq davlat rahbarlarining bayonoti e'lon qilinadi.

Muzokaralar davomida Putin ötgan bir yil içida Toğli Qoraboğda köp işlar amalga oşirilgani, ammo barça masalalar ham hal qilinmaganini qayd etdi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qoraboğdagi rossiyalik tinçlikparvar kuçlar javobgarligi ostidagi hududda vaziyat barqarorligini ta'kidladi.

Ammo Nikol Paşinyan Aliyevning bu fikriga qöşilmadi. Uning sözlariga köra, Ozarboyjon-Armaniston çegarasidagi vaziyat 12 maydan buyon inqirozli holatda qolmoqda. Ozarboyjon qöşinlari Armaniston hududiga bostirib kirdi, deya qöşimça qildi u.

Ma'lumot berilişiça, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 15 dekabrda Bryusselda ikki tomonlama uçraşuv ötkazadi.