Samarqand şahrida 13 yoşli öquvçi qiz homilador bölib qolgani uçun maktab rahbariyati jazolanmagan. Bu haqda viloyat XTB Kun.uz’da berilgan maqola yuzasidan bildirgan munosabatida ma'lum qilgan.

Samarqand şahrida 13 yoşli öquvçi qizning homilador bölib qolgani haqida Kun.uz’da «Yaxşilab örganamiz va duç kelganni jazolaymiz» — Homilador öquvçi qiz voqeasida kimlarga çora körilyapti?” sarlavhasi bilan maqola berilgandi. Maqolada hodisa sababli Xalq ta'limi mutasaddilari tomonidan maktab direktori va öqituvçilaridan işdan böşaş haqida ariza yozdirib olingani tanqid ostiga olingandi. Viloyat XTB maqola yuzasidan bildirgan munosabatda maktab rahbariyati jazolanmaganini ma'lum qildi.

Munosabatda qayd etilişiça, 13 yoşli öquvçining homilador bölib qolgani ommaga oşkor bölgan kunning özida viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi, şahar Xalq ta'limi bölimi va huquqni muhofaza qiluvçi organlardan iborat işçi guruh a'zolari vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida dastlabki örganiş işlarini olib borgan. 

Örganiş davomida maktab direktori va pedagoglar jamoasi bilan suhbat ötkazilgan. Ularga holat böyiça tegişli huquq-tartibot organlari suriştiruv işlari olib borayotgani tuşuntirilgan.

“Şu örinda bugungi kunga qadar  maktab rahbariyatiga nisbatan intizomiy çora körilmagani ma'lum qilinadi”, deyiladi munosabatda.

Eslatib ötamiz, Samarqand şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan 13 yoşli qiz bilan muttasil jinsiy aloqa qilib kelgan F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.